00:23 / 26.08.2020
2 792

O‘zbekistonda ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonda ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda
AOKAda “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni mazmuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Atham Turdiyev ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Farmonga asosan, 2021 yildan O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda. Bunda fuqarolar faoliyati belgilangan tartibga muvofiqligini o‘z majburiyatlariga oladilar. Ya’ni tadbirkor belgilangan tartiblarga rioya qilishi haqida vakolatli organlarga bir marotaba xabar qiladi. Keyin faoliyati bilan bemalol shug‘ullansa bo‘ladi.

17ta litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlari, 14 turdagi ruxsatnomalar ushbu tizimga o‘tkaziladi. Misol uchun, maktabdan tashqari ta’lim, lombard, veterinariya davolash, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish kabi faoliyatlar vakolatli organni xabardor etgan holda tadbirkorlar ushbu faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Ular alohida litsenziya olishi shart emas
”, - dedi Atham Turdiyev.

Shuningdek, hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish borasida bajarilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan litsenziya va ruxsat berish tartibiga oid hujjatlar to‘liq elektronlashtiriladi. Bu borada Adliya vazirligi tizimli ishlarni boshlab yuborgan. Hozirda dasturiy ta’minot ustida ish olib boryapmiz. Bu yagona platforma bo‘ladi. Barcha litsenziya va ruxsat berishga oid munosabatlar to‘liq elektronlashtiriladi.

Bevosita QR kod amal qiladi, guvohnomaga ham hojat qolmaydi. Platforma ishga tushishi bilan tadbirkorlar hech bir tashkilotga bormasdan internet orqali litsenziya olish yoki elektron tarzda litsenziyasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ruxsat berishga oid hujjatlarini ham elektron tarzda olishi mumkin bo‘ladi. Viloyatdagi tadbirkorlar ham Toshkentga kelib ovora bo‘lmaydi. Uydan turib elektron ro‘yxatdan o‘tadi. Inson omilini kamaytirish hisobiga korrupsiya ham bartaraf etiladi
”, - deya ta’kidladi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Atham Turdiyev.

Farmonga asosan, litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari qisqartiriladi. Xususan, 70 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari hamda 35 turdagi ruxsatnomalar bekor qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda