Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Mazkur hujjat valyutani tartibga solish sohasidagi amalda bo‘lgan 5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish orqali qabul qilindi va 2020 yil 1 sentabrdan kuchga kirdi.
Mazkur Qoidalar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi yangiliklar joriy etildi:
— jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi;
— banklar tomonidan mijozlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilishi bilan bog‘liq normalar bekor qilindi;
— xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag‘larini konvertatsiya qilish jarayonlari hamda chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarni banklar tomonidan ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi;
— valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvarag‘ida qat’iy ravishda mablag‘lar rezerv qilinishi bo‘yicha talab bekor qilindi;
— sotib olingan mablag‘lardan foydalanish borasida qo‘shimcha qulayliklar yaratildi, xususan, bank mijozlarining maxsus valyuta hisobvarag‘iga turli xil sabablarga ko‘ra qaytib tushgan valyuta mablag‘laridan takroran foydalanish imkoniyati yaratildi;
— Markaziy bank tomonidan ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilindi;
— ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xodimlar soni, xavfsizlik talablari, ularni monitoring qilish va boshqa talablar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmoni bilan 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilgan, bundan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish mustasno. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”