Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, umumiy tashqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va foizlarni to‘lash talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat. Umumiy tashqi qarzdagi o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2013-2017 yillar davomida har ikkala sektorda ham qarzdorlikning o‘sishi kuzatilgan.
Biroq, 2018 yilda xususiy sektor tashqi qarzi kamayishi kuzatildi, bu esa o‘z navbatida neft-gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan jalb qilingan qarzdorlik muddatining tugashi bilan izohlanadi. 2019 yildan boshlab xususiy sektor tashqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olishning ko‘payishi hisobiga yana o‘sishni boshladi.
“2020 yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi. Ushbu jarayon COVID-19 virusining tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin”, - deya ta’kidlab o‘tgan MB.
2020 yilning I yarim yilligida davlat sektori qarzdorligining o‘sishi 1,7 mlrd. dollarni tashkil qildi. Global pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayishi sababli O‘zbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi natijasida 2020 yilning boshiga nisbatan kamaydi.
Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 mlrd. dollarga oshdi.
2020 yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 1,8 mlrd. dollar, tekstil va to‘qimachilik sektori korxonalari – 71 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 154 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”