
«Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:
- vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 so‘m (ilgari 8 600 so‘m);
• eng kam chakana narx – 11 200 so‘m (ilgari 10 200 so‘m).
- konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 so‘m (ilgari 31 000 so‘m);
• eng kam chakana narx – 39 000 so‘m (ilgari 36 600 so‘m).
- aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 so‘m (ilgari 22 000 so‘m);
• eng kam chakana narx – 28 500 so‘m (ilgari 26 000 so‘m).
Mazkur qaror 2020 yil 1 oktabrdan kuchga kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar