MTS kompaniyasi yubka kiygan erkak aks etgan reklamasi uchun yarim million rubllik jarimaga tortilishi mumkin

“Mobilnыe TeleSistemы” (MTS) kompaniyasi yubkadagi erkak aks etgan reklamasi uchun yarim million rubllik jarimaga tortilishi mumkin. Tatariston Federal antimonopol boshqarmasi reklama haqidagi qonunning buzilganlik alomatlari bo‘yicha kompaniyaga qarshi ish ochgan.
“Qozonliklardan MTS kompaniyasining reklamasida pushtirang yubka kiyib olgan, qanotlari va boshida nur chambari bo‘lgan ko‘rinishda aks etgan erkak qiyofasi ustidan shikoyatlar kelib tushgan. MTSning ushbu reklama bannerlari Qozonning tarixiy markazidagi idorasida hamda shaharning ba’zi tumanlarida o‘rnatilgan edi. Bu qiyofa ko‘pchilikka axloqsizlik bo‘lib ko‘ringan”, deydi Tatariston Federal antimonopol boshqarmasi vakili Oygul Yusupova.
Yusupovaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning “reklamalarda axloqsiz va haqoratomuz qiyofalardan foydalanishni taqiqlovchi” 5-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. “Agar kompaniya qonunni buzgan deb topilsa, unda 100 mingdan 500 minggacha miqdordagi jarimaga tortiladi. Ushbu ish 24 fevralda ko‘rib chiqiladi”, deb qo‘shimcha qildi Yusupova.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing