
Joriy yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, qiymati 84,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 86,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 ming tonnaga ko‘p. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston uzumni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 39,1 ming tonna;
- Qozog‘iston – 34,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 12,3 ming tonna;
- Belorus – 317,1 tonna.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 oyida eng ko‘p uzum eksport qilgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 24,3 ming tonna;
- Farg‘ona viloyati – 22,2 ming tonna;
- Namangan viloyati – 9,5 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 6,6 ming tonna. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar