Moliya vazirligi «Soliq siyosatining 2021 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasiga press-relizni e’lon qildi. Bu haqda www.norma.uz sharh berdi.
Soliq stavkalari
2021 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish nazarda tutilmoqda:
- QQS - 15%;
- foyda solig‘i - 15%, soliq to‘lovchilarning alohida toifalari uchun - 20%;
- JSHDS - 12%;
- yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i - 2%;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i - 0,95%;
- ijtimoiy soliq: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar - 12%, budjet tashkilotlari - 25%;
- aylanmadan olinadigan soliq, bazaviy stavka - 4%.
SK tarkibiga aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkalarini, shuningdek ushbu stavkalarni qo‘llash bilan bog‘liq ayrim normalar kiritiladi.
Aksiz solig‘i
Aksiz bo‘yicha import va ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i aksariyat stavkalarini tenglashtirish nazarda tutiladi. Faqat alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari va tayyor shakarni import va ishlab chiqarish uchun turli stavkalar saqlab qolinadi.
Mutlaq miqdorda belgilangan soliq stavkalari 1 fevraldan boshlab indeksatsiya qilinadi:
- alkogolli mahsulotlar, shu jumladan pivoga, shuningdek tamaki mahsulotlari uchun 2 bosqichda: 2021 yil 1 fevraldan boshlab - 2020 yilda ularni indeksatsiya qilinishi rad etilganligini hisobga olgan holda, hamda 2021 yil 1 sentabrdan - o‘rtacha 7,5%ga;
- AI-80 markali benzin – oktan sonidan qat’i nazar 2022 yilda aksiz solig‘i stavkalarini tenglashtirish uchun 20%ga (jadal sur’atlarda);
- dizel yoqilg‘isi, EKO, dizel yoqilg‘isi va dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi – 20%ga.
Import bo‘yicha 73 ta tovar pozitsiyasiga aksiz solig‘ini bekor qilish taklif etilmoqda. Ular orasida - oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar (sharbatlar, pishloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va shunga o‘xshash go‘sht mahsulotlari va h.k.)), elektrotexnika tovarlari bo‘yicha (35 turdagi tovarlar (muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalari, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari va h.k.)) va boshqa tovar pozitsilari.
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi 20%dan 15%gacha pasaytirilmoqda.
Hushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarni O‘zbekiston hududiga olib kirishga 20% stavka bo‘yicha soliq solish taklif qilinmoqda. Bunda, shakar hom ashyosini olib kirishga aksiz solig‘i solinmaydi.
QQS
Qonun loyihasi bilan tushum hajmidan qatiy nazar QQS to‘laydigan korxonalar doirasini kengaytirish nazarda tutilgan. Ular jumlasiga quyidagilar kiritilishi kerak:
- alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari;
- bozorlar va savdo komplekslari.
Amaldagi qoidalarga binoan 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan va EHFni qo‘llaydigan QQS to‘lovchilar QQSni har choraklik asosida hisoblash va to‘lashga haqli (3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmon). Ushbu normani kelgusida ham saqlab qolish va uni Soliq kodeksida doimiy ravishda nazarda tutish taklif etiladi.
Qonun loyihasida valyuta tushumi summasi tushishidan qat’iy nazar haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanadigan) QQSni hisobga olish imkoniyati nazarda tutilmoqda. Bu konsignatsiya (to‘lovni kechiktirish) shartlari bilan eksportga tovarlarni jo‘natishni amalga oshiruvchi eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga va aylanma mablag‘larini band qilishni oldini olishga imkon beradi. Bugungi kunda tovarlarni eksport qilishda nol darajali stavkani qo‘llash eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi mavjudligi bilan shartlangan (SK 266-m. birinchi qismi 5-b.).
JSHDS va ijtimoiy soliq
Pensiyalarni hisoblash tartibini soddalashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning ayrim toifasi uchun ijtimoiy soliq stavkalarini unifikatsiya qilish taklif etiladi. Xususan, o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, “Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari - ular 25 yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davri, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga kamida 1 BHM miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydilar. To‘lochilarning ushbu toifasi uchun qonun loyihasida ijtimoiy soliqni to‘lash muddatlari aniqlashtiriladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer solig‘i
Qonun loyihasida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha kamaytirilgan stavkaning 0,2%dan 0,4%gacha va alohida ob’ektlar va yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning yer solig‘i stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koyeffitsiyentning 0,1%dan 0,25%gacha oshirilishi nazarda tutilmoqda. Bu ularni mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining bazaviy stavkaga bosqichma-bosqich yetkazish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz: mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytirilgan stavka va yer solig‘i stavkalariga kamaytiruvchi koeffitsiyent avval soliq imtiyozlari berilgan ob’ektlarga nisbatan 2020 yil 1 yanvardan kiritildi.
Yer solig‘i bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, respublika hududlari kesimida mutlaq kattalikda, ularni 15% indeksatsiya qilinishini hisobga olgan holda, bazaviy soliq stavkasi belgilanmoqda. Soliq stavkalarining aniq miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning nufuzli tuman va iqtisodiy rivojlanishiga qarab oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda belgilangan stavkalar asosida aniqlanadi.
Meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalarini 2021 yildan boshlab qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar kabi yer solig‘i stavkasini belgilagan holda, yer solig‘ini hisoblab chiqarishga qaytish nazarda tutilmoqda. Bu mazkur toifadagi yerlarga soliq solishning yaggona tartibini belgilash imkonini beradi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq stavkasi soliq to‘lovchilarning toifalari kesimida, shuningdek belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan suv hajmi qismida belgilanmoqda. Bu soliqni hisoblab chiqarish maqsadida har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritishni taqozo etadi.
Soliq stavkalari 15%ga, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun 30%ga indeksatsiya qilinmoqda. Indeksatsiya qilish maqsadi - stavkalarni sanoat korxonalari uchun belgilangan yagona soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish.
Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil darajasida saqlab qolinmoqda.
Qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun ishlatiladigan suv hajmi va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha 1 kub metri uchun 40 so‘m yagona soliq stavkasi belgilanmoqda.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha alohida qurilish foydali qazilmalari bo‘yicha stavkalar unifikatsiya qilinmoqda. Bu noruda foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish va ularni, ayniqsa daryo o‘zanlaridan, samarali qazib olishini ta’minlashga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratadi.
Yangi tahrirdagi SK normalarining amaliy ta’siri va samaradorligini monitoring va tahlil qilish doirasida mutaxassislar, tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek soliq maslahatchilari va ekspertlarning takliflaridan kelib chiqib SKga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»