20:20 / 14.05.2021
2 737

Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim


Joriy yilning 1 apreliga qadar Toshkent viloyati bo‘yicha 44 219 nafar jismoniy shaxslardan 2020 yil uchun jami yillik deklaratsiyalar qabul qilib olingan bo‘lib shulardan 15 993 nafariga jami 24,5 mlrd.so‘m deklaratsiya asosida daromad solig‘i hisoblandi.

Soliq kodeksining 398-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolar 2020 yilda olingan daromadlar bo‘yicha taqdim etilgan deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘ini joriy yilning 1 iyuniga qadar amalga oshirilishi lozimligi eslatib o‘tiladi.

Soliq to‘lovchilar hisoblangan soliqni to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan yoki elektron to‘lov tizimi (UPay va PayMe) orqali amalga oshirishlari mumkin.

Jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin.

Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.

Belgilangan muddatda soliq to‘lovini amalga oshirilmagan taqdirda to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanadi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim