23:00 / 09.06.2021
3 069

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda


Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida 9 iyun kuni Boxtar shahrida birinchi O‘zbekiston—Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said, shuningdek, ikki mamlakat vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, banklar, chegaradosh viloyatlari rahbarlari va 300 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etgan.

Unda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida 50 million dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston — Tojikiston investitsiya jamg‘armasi tashkil etilgani tilga olindi.

Forum davomida ikki mamlakat hududlari va tegishli idoralar rahbarlari so‘zga chiqib, investitsiyaviy hamkorlikning imkoniyatlari, shuningdek, avtomobil sanoati, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda ro‘yobga chiqarish yuzasidan aniq takliflarning taqdimotini o‘tkazdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Forum yakunlari bo‘yicha Tojikiston hukumati huzuridagi Eksport agentligi bilan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqarish, intensiv bog‘lar, issiqxona komplekslari, qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish bo‘yicha bitimlar, shuningdek, bir qator savdo shartnomalari imzolandi.
Imzolangan hujjatlarning umumiy summasi 730 million dollarni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda