10:21 / 09.07.2021
3 491

«J.P. Morgan»: 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8 foiz o‘sishga erishadi


20 iyun kuni «J.P. Morgan» investitsiya banki «O‘zbekistonning quyosh kabi ko‘tarilishi» nomli tahliliy hisobotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, respublika so‘nggi 20 yil ichida O‘rta Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (CEEMEA) mamlakatlari orasida yuqori va barqaror o‘sish sur’atiga erisha olgan sanoqli mamlakatlardan biri bo‘lgan.

Hisobotda O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 8,1 foiz, 2022 yilda 6,3 foiz o‘sishga erishishi prognoz qilingan. Joriy yilgi iqtisodiy o‘sishga asosan qurilish va sanoat tarmoqlari hissa qo‘shadi.

Qayd etilishicha, 2016 yildan keyin davlat qarzi tez sur’atlar bilan o‘sishi kuzatilsa-da, budjet qonuni bilan davlat qarzining eng yuqori miqdori (YAIMga nisbatan 60 foiz) belgilangani va davlat qarzining 60 foizga yetishi ehtimoli pastligi qayd etilgan.

Kengayib borayotgan joriy operatsiyalar hisobi taqchilligining asosiy sababi sifatida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar ko‘rsatilmoqda.

«J.P. Morgan» prognozlariga ko‘ra, oltin narxi 2022 yilga borib 1 ming 350 dollargacha tushishi mumkin. Shu sababdan, O‘zbekiston joriy operatsiyalari hisobi taqchilligi 2021 yilda YAIMga nisbatan 4,5 foizni, 2022 yilda YAIMga nisbatan 8,5 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, respublika suveren xalqaro obligatsiyalari narxlari makroiqtisodiy holatning yaxshilanayotganini aks ettiradi. Biroq ichki kapital bozori ko‘lamini kengaytirish, daromadlilik egri chizig‘ini uzaytirish zarurati va norezidentlar uchun mavjud cheklovlar ham qayd etilgan bo‘lib, 2022 yildan ichki kapital bozorida o‘zgarish kutilayotgani ta’kidlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «J.P. Morgan»: 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8 foiz o‘sishga erishadi