Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.
— Tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq savol, taklif va tashabbuslar kelib tushdi va shu kungacha, joylarda ularning ko‘pchiligi hal etildi.
Ayniqsa Andijon, Namangan va Surxondaryoda ishlar tizimli tashkil qilinib, tadbirkorlarimizning 90 foiz muammolari qisqa fursatlarda hal qilib berilgani, albatta quvonarli hol.
Qayerda muhit yaxshi bo‘lsa, hudud va tarmoq rahbarlari Prezident talabini to‘g‘ri tushungan bo‘lsa, o‘sha yerda ishlash uslubi, tadbirkorlarga munosabat o‘zgargan.
Aksincha, tadbirkor dardi bilan yashamagan, ular ko‘targan muammolarning ichiga kirmasdan, ko‘mak bermagan rahbarlar faoliyatiga esa, xalqimizning o‘zi baho beradi va bunday rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q va kelajakda ham shunday bo‘ladi.
Bir narsani barchamiz aniq tushunib olishimiz lozim. Tadbirkorlarimizning ushbu murojaatlari, amaldagi islohotlarimiz ko‘zgusidir.
Shu bois, har bir vazirlik va idora rahbari, viloyat, tuman va shahar hokimlari kelib tushgan murojaatlarni o‘zlarining faoliyatiga baho deb bilishlari, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keskin o‘zgarishlar qilishlari zarur va shart.
Tashabbus ko‘rsata olmaydigan, yangi-yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqishga, o‘zgarish qilishga intilishi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan juda qattiq talab va choralar bo‘ladi, — dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”