“Tolibon” harakati tuzgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati O‘zbekiston oldidagi elektr energiya bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq uzish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma’lum qildi.
“Biz muhokama o‘tkazdik, muvaqqat hukumatning energetika yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul vakillari, “Afg‘oniston elektr tarmoqlari” [EKA] kompaniyasi vakillari bo‘ldi. Vaziyat imkon berishi bilan - hozirda bu mamlakatda bank tizimi faoliyati va muvaqqat hukumatning tan olinishi bilan bog‘liq masalalar bor, EKAdagi hamkorlar mavjud qarzni zudlik bilan uzadi. Ammo bunga qaramasdan, biz elektr energiya yetkazib berishda davom etamiz”, – dedi u rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent Kobulga elektr yetkazib berishni bir soatga ham to‘xtatmadi, Afg‘oniston O‘zbekistondan ehtiyojiga muvofiq elektr energiyasini to‘liq hajmda olmoqda.
16 oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Xabar qilinishicha, muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy aloqalar, chegara xavfsizligini ta’minlash, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi