11:57 / 31.10.2021
3 527

Kartoshka narxi nega qimmatlaganiga sabab topildi

Kartoshka narxi nega qimmatlaganiga sabab topildi
Davlat statistika qo‘mitasining oxirgi ma’lumotiga asoslanadigan bo‘lsak, bozorlarda kartoshka narxlari 8 ming so‘mgacha ko‘tarilgan. Lekin qo‘mita narx nega oshib ketayotgani sabablarini keltirmagan yoki o‘rganmagan.

IndexBox xalqaro tashkilotining yangi hisobotida kartoshkaning dunyo bo‘yicha eksport miqdori sezilarli darajada kamaygan, bunga pandemiya sabab qilib ko‘rsatilgan. Chunki kartoshka eksport qiluvchi yirik davlatlar uni sotishni qisqartirishdi.

Ammo ayrim davlatlar, jumladan, Belgiya, Ispaniya, AQSH, O‘zbekiston, Ukraina, Chexiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar eksport hajmini oshirishga majbur bo‘lishgan. Masalan, 2020 yilda dunyo bo‘yicha quyidagi 3 davlatning kartoshka eksportida ulushi 44 foizga teng bo‘lgan: Niderlandiya (826 mln. dollar), Fransiya (684 mln. dollar) va Germaniya (374 mln. dollar).

AQSH, Italiya, Rossiya, Portugaliya, Kanada, Malayziya, Ukraina va O‘zbekistonning bu bo‘yicha eksport hissasi 30 foizni tashkil qilgan. Ya’ni O‘zbekiston ham kartoshka eksportini ko‘paytirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kartoshka narxi nega qimmatlaganiga sabab topildi