3 012
O‘zbekistonda 2022 yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilishi mumkin
O‘zbekistonda 2022 yilda energiya resurslari, jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv va issiqlik energiyasi, sovuq suv va kanalizatsiya tariflarining narxlari indeksatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda 2022 yil uchun budjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasida ma’lum qilingan.
Xususan, energiya resurslarining iste’mol narxlari indeksini hisoblash bazasidagi vazni va indeksga ta’siri asosidagi hisob-kitoblarga tayanilsa, mazkur resurslar narxlarining oshishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
elektr energiyasi — 33 foiz;
tabiiy gaz — 21 foiz;
issiq suv va issiqlik energiyasi — 20 foiz;
sovuq suv va kanalizatsiya — 34 foiz.
Ta’kidlanishicha, 2020—2021 yillarda iste’mol narxlari indeksini hisoblash bazasida yuqori vaznni egallovchi energiya resurslari, jumladan, elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi deyarli o‘zgarmagan. Ushbu resurslarning asosiy yetkazib beruvchilari – davlat ulushidagi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta’minot» AJlarining tariflari oshirilmagan.
«Yuqoridagilardan kelib chiqib, energiya resurslari tarif narxlarining 2022 yilda keskin oshirilishi fonida, joriy inflyatsiya darajasining o‘tgan yilga nisbatan pasayishini ta’minlash uchun boshqa iste’mol tovar va xizmatlar narxlari o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirish talab etiladi», — deyiladi tavsiya qilingan.
Buning uchun hukumat hamda tarmoq vazirlik va idoralariga iste’mol tarkibidagi yuqori vaznga ega oziq-ovqat (go‘sht, un mahsulotlari, mevasabzavotlar), nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, qurilish mollari) va boshqa xizmatlar (transport va aloqa)ga bo‘lgan talabni to‘laqonli ta’minlash orqali, ular narxlarining barqarorligi ta’minlash choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi