Joriy yil 1 dekabrdan Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan meva-sabzavot yetishtiruvchilarni imtiyozli kreditlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida sohaga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor davomida ma’lum qilindi.
— Bunda, «klaster – fermer – bank» zanjiri asosida, mahsulot hajmi va moliyalashtirish muddatlari aniq ko‘rsatilgan uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Kreditlar 12 oyga 6 oy imtiyozli davri bilan 14 foiz stavkada ajratiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, har bir mahsulot turiga qarab, moliyalashtirish sxemalari ishlab chiqiladi.
— Misol uchun, takroriy ekin uchun iyunda, to‘qsonbostiga sentabrda mablag‘ ajratiladi. Klasterlarga tomorqalardan tayyor mahsulot sotib olishga aylanma mablag‘ uchun 12 oylik «revolver» kreditlar beriladi. Ya’ni, klaster qachon zarur bo‘lsa, mablag‘ni shunda oladi va foizini kreditdan foydalangan davr uchun to‘laydi, — dedi davlat rahbari.
Ma’lum qilinishicha, meva-sabzavotchilik sohasida ham xuddi paxta va g‘allada bo‘lgani kabi kredit garovi uchun sug‘urtalash tizimi joriy etiladi.
— Ushbu maqsadlar uchun jami 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan kichik intensiv bog‘, uzumzor va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun, 14 foizlik imtiyozli stavkada 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, ushbu maqsad uchun xalqaro moliya tashkilotlarining 100 million dollar mablag‘i yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin