11:13 / 01.12.2021
1 805

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi
Noyabr oyida iste’mol bozorida tovar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 foizga oshdi. Yil boshidan buyon iste’mol sektorida narxlar o‘sishi 8,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yillik ko‘rsatkichda 10,3 foizga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.

Oy davomida narxlar va tariflar o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egalladi, ular o‘rtacha 1,9 foizga oshgan. Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,8 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.

Yillik ko‘rsatkichda oziq-ovqat mahsulotlari 13,4 foizga qimmatlashdi va uch asosiy guruh orasida narxlar o‘sishi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. 2020 yil noyabr oyidan boshlab nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 7,9 foizga, xizmatlar narxi 8,1 foizga oshdi.

Noyabr oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (meva-sabzavotlardan tashqari) orasida tuxum (5,4 foiz), sut va shakar (4,1 foiz), tovuq go‘shti (3,9 foiz), boshqa parranda go‘shti narxlarining sezilarli o‘sishi kuzatildi (3,7 foiz). Bir oy davomida bug‘doy unining narxi 1,6 foizga oshdi. Guruchning barcha turi (-0,8 foiz), shuningdek, mol va qo‘y go‘shti (0,1-0,8 foiz) narxlarining biroz pasayishi qayd etildi.

Noyabr oyida turar joy binolari ijarasi 1,2 foizga oshdi. Shu bilan birga, kommunal xizmatlarning asosiy turlari bo‘yicha narxlar va tariflar o‘tgan oy darajasida saqlanib qoldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Noyabr oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi