2 451
Nimalarning narxi oshishi mumkin? — Markaziy bank inflyatsion kutilmalar sharhini e’lon qildi
Noyabr oyidagi so‘rov aholining inflyatsion kutilmalari 16,5, biznesniki esa sezilarli o‘sib 15,6 foizni tashkil qilganini ko‘rsatdi. Aholi va biznes kelgusida nimalarning narxlari oshishini kutmoqda?
Markaziy bank noyabr oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari sharhini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, aholining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari oktabrga nisbatan 0,3 foizga o‘sib 16,5 foizni tashkil qildi.
Aholi kelgusida narxlar oshishiga qanday omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- milliy valyuta kursining qadrsizlanishi (47 foiz);
- yonilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi (43 foiz);
- ulgurji savdo nuqtalarining kamayishi natijasida mahsulotlar taklifining qisqarishini keltirishgan.
Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichi import qilinayotgan tovarlar narxining oshishiga (35 foiz) olib kelishi iqtisodiyot sub’ektlarining inflyatsion kutilmalarini oshiruvchi rol o‘ynadi.
Aholining 16 foizdan pastroq kutilmalari oxirgi marta sentabr oyida shakllangandi – 15,8 foiz. Noyabrdagi inflyatsion kutilmalar yanvar oyidagi yuqori ko‘rsatkich – 16,6 foizga deyarli yaqinlashdi.
Biznes nimalarni kutmoqda?
Noyabr oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha respondent tadbirkorlik sub’ektlarining kutilmalari 15,6 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshdi.
Biznes narxlarning oshishiga qaysi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- yonilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi (49 foiz);
- milliy valyuta kursining qadrsizlanishi (44 foiz).
Shuningdek, iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan kelgusi yilda ham pandemiya natijasida yuzaga kelgan xomashyo va butlovchi qismlar taklifining kamayishi davom etishi kutilmoqda va bu, o‘z navbatida, xorijdan import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar qimmatlashishiga (33 foiz) hamda bu kabi mahsulotlarni yetkazib berishdagi uzilishlar (16 foiz) sodir bo‘lish ehtimolining yuqori darajasi saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
So‘rovda qatnashgan iqtisodiyot sub’ektlarining deyarli 14 foizi kelgusida turar joy, tijoriy bino hamda ijara to‘lovlarining ham oshishini bildirayotgan bo‘lsa, mahalliy boshqaruv organlarining aralashuvi davom etishi mumkinligi respondentlarning 13 foizi tomonidan kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas