14:09 / 22.12.2021
1 175

Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi

Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
Joriy yilning 21 dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank hamda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, bank va uyushma rahbariyati, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Markaz faoliyati tadbirkorlik sub’ektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilishga o‘qitish hamda ularga yanada keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Bu yerda mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi. Buning uchun o‘quv markazi zarur ta’lim vositalari va o‘quv qurollari bilan ta’minlandi, yetarli adabiyotlar fondi shakllantirildi.

Markazda o‘quv kurslari jami 72 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 40 nafar tinglovchini qamrab olish imkoni mavjud.

O‘quv markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasi muntazam oshirib boriladi, ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan «kelajak materiallari» nomenklaturasi kengaytirilib, ishlab chiqarishda xalqaro standartlar keng joriy etiladi.

Shuningdek, markaz bo‘lajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirishga, ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga xizmat qiladi.

Ochilish marosimida so‘z olganlar «Tadbirkorlar maktabi», shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar va innovatsiyalar markaziga aylanishini ta’kidladilar.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zsanoatqurilishbank va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan izlanishlar davom ettirilishi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
ePN