
Prezidentning «O‘zbekistonda biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, biznes-inkubatorlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishga taqdim qilinadigan yer uchastkalari va davlat mulki ob’ektlari quyidagi shartlarda ajratiladi:
- biznes-inkubator binolarini qurish uchun ijara huquqi asosida yer uchastkasini ajratish;
- oliy ta’lim muassasalarining bo‘sh binolarini biznes-inkubatorlar tashkil etish uchun tekin foydalanish huquqi asosida taqdim etish;
- konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi ajratish yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
- bo‘sh yotgan davlat mulki ob’ektlarini nol xarid qiymatida sotish;
- xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan biznes-inkubatorlarni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash.
Qayd etilishicha, davlat-xususiy sherikligi shartlarida tashkil qilinayotgan biznes-inkubatorlarga nisbatan quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llaniladi:
- o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan qurilish materiallari, uskunalar, asbob-anjomlar va o‘quv qurollari davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish;
- o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan boshlab 3 yil muddatga foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozi berish va boshqalar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar