Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi
«Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–62-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi.

Agentlikning asosiy vazifalari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:

- respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;

- mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish;

- vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

Qarorga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar