23:23 / 29.12.2021
1 117

Guardian 2022 yilda jahon iqtisodiyoti uchun asosiy xavflarni prognoz qildi

Guardian 2022 yilda jahon iqtisodiyoti uchun asosiy xavflarni prognoz qildi
Foto: Shutterstock
2022 yilda jahon iqtisodiyoti uchun asosiy muammolar — koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lishi tufayli global iqtisodiy tiklanishning sekinlashishi, rivojlangan mamlakatlardagi sezilarli inflyatsiya va geosiyosiy keskinlashuv bo‘lishi mumkin. Bunday prognoz 28 avgust kuni The Guardian gazetasida chop etildi.

Qayd etilishicha, noyabr oyida aniqlangan «omikron» shtammining ta’siri butun dunyo bo‘ylab iqtisodiyotning qator tarmoqlarida allaqachon sezilmoqda, ular yangi cheklovlar sharoitida faoliyat olib borishga majbur bo‘lmoqda. BCA Research tahliliy markazi iqtisodchisi Dhaval Joshining so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada virusning yanada xavfli varianti paydo bo‘lishi ehtimoli bor, bu esa turli mamlakatlarda lokdaunlarni joriy etishning yangi bosqichini keltirib chiqarishi mumkin.

Jahon iqtisodiyotini o‘sishdan to‘xtatuvchi yana bir omil rivojlangan mamlakatlardagi yuqori inflyatsiya bo‘lishi mumkin. 2021 yilda energiya narxlarining oshishi va ishchi kuchi tanqisligi tufayli yuzaga kelgan inflyatsiyaning tez o‘sishi Angliya banki, AQSH Federal zaxira tizimi va Yevropa Markaziy bankiga ta’sir qildi.

2022 yilda jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir omilni ekspertlar Xitoydagi vaziyat deb atadi. The Guardian gazetasida qayd etilishicha, yaqin kelajakda Xitoy rahbari Si Szinpinning «ayniqsa, Tayvanga nisbatan millatchilik ritorikasi» hisobga olinsa, mamlakat «iqtisod va geosiyosat bilan to‘qnash kelishi mumkin».

Bundan tashqari, ekspertlar milliy valyutalarning qadrsizlanishi tufayli Turkiya va Argentina kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy inqiroz xavfi borligidan ogohlantirdi. Jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi va buning natijasida markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosati choralarining kuchaytirilishidan kelib chiqilsa, «moliya bozorlari qulashi» ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Guardian 2022 yilda jahon iqtisodiyoti uchun asosiy xavflarni prognoz qildi