08:30 / 30.12.2021
1 268

Fyuchers savdolarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Fyuchers savdolarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «Tovar-xomashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Tovar-xomashyo birjalarida fyuchers savdolarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- fyuchers savdolarini o‘tkazish, tovarlarning bozor narxi shakllanishini ta’minlash hamda tomonlar o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- fyuchers savdolarida ishtirok etish bo‘yicha birja a’zolari va ularning treyderlariga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- mijoz va birja a’zosi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek fyuchers shartnomasi bo‘yicha kliringni amalga - oshirish va shartnomalarning ijrosini ta’minlash;
- fyuchers shartnomalarini tuzish va ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal etish;
- fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik;
- fyuchers savdolari ishtirokchilari ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarda birja a’zolariga nisbatan choralar ko‘rish.

Avtotransportda yuk tashish xizmatlari bo‘yicha elektron logistika savdo portali faoliyati to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar belgilangan:
- elektron logistika savdo portalida buyurtmachilar va yuk tashuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- yuk tashish bo‘yicha shartnomalar tuzishni savdolarning shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirish tartibi;
- savdolar jarayoni va narxlar manipulyatsiyasini nazorat qilish hamda yuk tashishlarni monitoring va tahlil qilish bo‘yicha tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
- tuzilgan shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblarni oldindan zakalat to‘lovlarini kiritgan va shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatlarini ta’minlagan holda amalga oshirish tartibi;
- shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlarning majburiyatlarini belgilash;
- insofsiz yuk tashuvchilarni aniqlash, ularga nisbatan choralar ko‘rish va elektron logistika portalidan chetlatishni tartibga solish.

2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zRTXBda fyuchers shartnomalari bo‘yicha savdolar yo‘lga qo‘yiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlarini, shu jumladan fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Fyuchers savdolarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi