O‘zbekistonda raqamli valyutani bosqichma-bosqich ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurodov «PLAS» jurnaliga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan avval xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy tadqiqot olib boriladi.
Bundan tashqari, kelgusida xalqaro ochiq banking amaliyotini o‘rganib chiqish ko‘zda tutilmoqda. Mamarizo Nurmurodovning ta’kidlashicha, bularning barchasi bozor tendensiyalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Raqamli valyuta o‘zi nima?
Bu muqobil yoki qo‘shimcha valyuta sifatida foydalaniladigan elektron pullardir. Ko‘pincha ularning bahosi milliy valyuta qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
Xitoy, Yaponiya, Ekvador, Niderlandiya, Qozog‘iston, Rossiya kabi davlat hukumatlari yoki markaziy banklari o‘zining milliy raqamli valyutasini joriy qilish haqidagi rejalari haqida ma’lum qilgan.
Virtual iqtisodiyotdagi (masalan, onlayn o‘yinlar) valyutalardan farqli o‘laroq raqamli valyutalar real tovarlar va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishda foydalaniladi.
Shunga qaramay, virtual valyutalar atamasi ham raqamli valyutalarga sinonim sifatida qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi