«Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi rezident qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Moliya vazirligi ishtirokida 60 ga yaqin vazirlik, idora va 2 mingdan ortiq davlat ishtirokidagi korxonalarning 12 mingdan ortiq ulushi va ko‘chmas mulk ob’ektlari yalpi xatlovdan o‘tkazilgan.
Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining, vazirlik, idora hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat aktivlarini boshqarish yo‘nalishidagi asosiy vazifalaridan biri etib, bo‘sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan va asosiy faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lmagan aktivlarni aniqlash bo‘yicha xatlov ishlarini muttasil amalga oshirish va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘rish belgilanadi.
Hujjatga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 1 mayga qadar Universal Mobile Systems MCHJni baholash va sotish jarayoniga xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchisi, investitsiya banki yoki boshqa ixtisoslashgan kompaniyani jalb etadi.
2023 yil 1 aprelga qadar uni xususiylashtirish choralari ko‘riladi. Ikki hafta muddatda «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi 25 ta don korxonalari 2022 yil 1 iyulga qadar, qolganlarini esa joriy yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi.
2022 yil 1 apreldan boshlab «O‘zagroservis» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ko‘chmas mulk ob’ektlari, zarur hollarda, ularni alohida lotlarga bo‘lgan holda, elektron onlayn-auksion savdolariga baholangan qiymatda chiqariladi. 2022 yil 1 aprelga qadar «O‘zagrolizing» AJning operatsion samaradorligini oshirish, mavjud qarzdorliklarini tarkibiy o‘zgartirish, jamiyatning likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlashni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Shuningdek, qarorda bir qator vazifalar belgilangan:
- 2022 yil 1 oktabrga qadar «Qishloq qurilish bank» ATBning aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO);
- 2022 yil yakuniga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankini jalb qilgan holda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Asakabank» ATBning davlat ulushlari savdoga chiqarish;
- 2023 yil 1 iyulga qadar AT «Xalq banki», «Mikrokreditbank» ATB, AT «Aloqabank», «Agro bank» ATB, «O‘zmilliybank» AJ aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO).
Hujjatda davlat aktivlarini xususiylashtirishda ularning boshlang‘ich narxini e’lon qilmagan holda talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo‘li bilan, shu jumladan, professional tashkilotlarni jalb qilgan holda sotish uslubi joriy etilishi belgilangan. Bunda, professional tashkilotlarni jalb qilish orqali xususiylashtiriladigan davlat aktivlari ro‘yxati Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi