O‘zbekiston importi va eksportida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston importi va eksportida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda. Xitoydan 1 mlrd dollarlik, Rossiyadan esa 905,2 mln dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:

Qozog‘iston – 478,5 mln;
Koreya – 395,7 mln;
Turkiya – 282,8 mln;
Germaniya – 162,3 mln;
Hindiston – 92,4 mln;
Turkmaniston – 90 mln;
Ukraina – 77,9 mln;
Braziliya – 65,2 mln AQSH dollari.

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat ham ma’lum qilindi. Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:

Rossiya – 346,8 mln;
Xitoy – 310,5 mln;
Turkiya – 238,4 mln;
Qozog‘iston – 141,7 mln;
Qirg‘iziston – 115 mln;
Afg‘oniston – 94,6 mln;
Tojikiston – 65,3 mln;
Ukraina – 36,1 mln;
Eron – 23,7 mln;
Turkmaniston – 18,8 mln AQSH dollari.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSH dollariga teng bo‘ldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar