
Foto: Shutterstock
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda dollar va yevro o‘rniga Xitoy yuanidan foydalanishi mumkin, dedi MDH ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov.
"Menimcha, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdoda milliy valyutalar yoki hamdo‘stlik tarkibidagi mamlakatlarga nisbatan nodo‘stona harakatlar qilmayotgan davlatlar valyutasiga o‘tish o‘zini to‘liq oqlaydi. Bu birinchi navbatda yuan hamda dollar va yevro o‘rniga zaxira valyuta sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa valyutalardir", - dedi Anfimov.
Anfimovning fikricha, "dollar davri tugadi va bu valyuta 2025 yilga borib o‘z mavqeini sezilarli darajada yo‘qotadi". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar