2022 yil 1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, UzAuto Motors AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismi mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtiriladi (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushi hamda UzAuto Motors Powertrain AJ, Samarqand Avtomobil zavodi MCHJ strategik investorlarga sotiladi.
Bu haqda «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi prezident farmonida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar «O‘zbekneftgaz» AJning, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlanadi.
Shuningdek, 2022 yil 1 sentabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida «O‘zbekgidroenergo» AJ isloh qiliinadi. Bunda yangi kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.
Bundan tashqari, 2022 yil 1 sentabrga qadar Uzbekistan airways AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushi savdoga chiqariladi, shu jumladan, aksiyalari ommaviy joylashtiriladi (IPO). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi