11:58 / 16.04.2022
1 156

O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi e’lon qilindi

O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi e’lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 13 aprel kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
  • suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000—72 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 55 000—85 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 2 500—8 000 so‘m;
  • piyoz (1 kilogramm) — 2 000—6000 so‘m;
  • sabzi (1 kilogramm) — 1 000—6 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 7 000—14 000 so‘m;
  • guruch (1 kilogramm) — 45 00—20 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—26 000 so‘m;
  • shakar (1 kilogramm) — 8 600—14 000 so‘m.

Mahsulotlar narxlarida 30 martdagiga nisbatan o‘zgarish kuzatilgan, xususan, suyakli mol go‘shti (+2 000 so‘m), qo‘y go‘shti (+5 000 so‘m) va o‘simlik yog‘i (+1000 so‘m) qimmatlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi e’lon qilindi