12:55 / 20.04.2022
1 862

Prezident qarori: Xotin-qizlarga 10 mln so‘mgacha subsidiya, 35 mln so‘mgacha imtiyozli kredit

Prezident qarori: Xotin-qizlarga 10 mln so‘mgacha subsidiya, 35 mln so‘mgacha imtiyozli kredit
Prezidentning «2022-2024 yillarga mo‘ljallangan «Biznes ayollar» davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga faoliyatini boshlashga kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha bo‘lgan subsidiyalar miqdori 10 million so‘mgacha oshiriladi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan «Har bir oila-tadbirkor» dasturi doirasida xotin-qizlar kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovini qoplab berish va mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, «Har bir oila-tadbirkor» dasturi doirasida xotin-qizlarga o‘z tomorqasida gul va meva-sabzavot yetishtirish uchun issiqxona qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni yo‘lga qo‘yish uchun hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 35 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezident qarori: Xotin-qizlarga 10 mln so‘mgacha subsidiya, 35 mln so‘mgacha imtiyozli kredit