08:25 / 22.04.2022
1 597

O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ma’lum qilindi

O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 20 aprel kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

- mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000—72 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 55 000—85 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 2 500—8 000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 2 000—6000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 1 000—6 000 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 7 000—15 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 4 500—20 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—26 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 8 800—13 000 so‘m.

Mahsulotlar narxlarida 23 martdagiga nisbatan o‘zgarish kuzatilgan, xususan, tuxum (+2 000 so‘m) qimmatlashib, shakar narxi (-1 000 so‘m) arzonlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ma’lum qilindi