Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida viloyatga davlat budjetidan qo‘shimcha 360 mlrd. so‘m ajratilishini aytgan.
«Bu yil Qashqadaryoda ijtimoiy soha va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb muammolarni hal etish uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 360 milliard so‘m ajratamiz. Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 100 million dollar imtiyozli mablag‘lar yo‘naltiriladi», degan prezident
Aytilishicha, ushbu qo‘shimcha ajratilayotgan 360 milliard so‘m va 100 million dollar hisobiga ahvoli eng og‘ir bo‘lgan ob’ektlarda bajariladigan ishlarning dastlabki manzilli ro‘yxati shakllantiriladi. Prezident dushanba kuniyoq Moliya vazirligiga 100 milliard so‘m ssuda hamda Investitsiyalar vazirligiga 100 milliard so‘m mablag‘ni ajratish bo‘yicha topshiriq bergan.
Mazkur mablag‘lar hisobidan:
- 125 milliard so‘m hisobidan koeffitsiyenti 2,5 dan yuqori bo‘lgan 19 ta maktabga qo‘shimcha bino quriladi;
- 62 milliard so‘m hisobidan 4,5 mingta sinfxona 66 mingta parta va 5 mingta doska bilan ta’minlanadi;
- 337 milliard so‘m hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilanadi;
- qo‘shimcha ajratilayotgan 125 milliard so‘mga Koson, Nishon va Kasbi tumanlaridagi 150 kilometr yaroqsiz lotoklar almashtiriladi;
- qo‘shimcha ajratilgan 354 milliard so‘m evaziga yo‘llar va ko‘priklar ta’mirlanadi;
- qo‘shimcha ajratilgan 93 milliard so‘m hisobidan tibbiyot, sport ob’ektlari ta’mirlanib, rekonstruksiya qilinadi, obodonlashtiriladi;
- Kitob tumanidagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi filiali hududi orqali 15 kilometr temir yo‘l qurilishiga budjetdan 50 milliard so‘m beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot