17:35 / 22.04.2022
1 115

12 mingdan ortiq talaba-qizlarga foizsiz kredit beriladi

12 mingdan ortiq talaba-qizlarga foizsiz kredit beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator imtiyozlar ajratish haqida topshiriq bergan.

Xususan:
  • 8,5 ming nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 83 milliard so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltiriladi;
  • viloyatda 500 nafar ehtiyojmand ayollarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar beriladi;
  • ijarada yashayotgan 785 nafar ayollarga kompensatsiya ajratiladi, 112 nafar muhtoj va uy-joysiz yolg‘iz ayollar ijtimoiy uylarga joylashtiriladi;
  • 4 ming 700 nafar yolg‘iz va muhtoj ayollarning farzandlari uchun davlat bog‘chalari to‘lovi budjetdan qoplab beriladi;
  • yangi o‘quv yilidan 12 ming 410 nafar talaba-qizga kontrakt to‘lovi uchun foizsiz kreditlar berish boshlanadi;
  • yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada kontrakt asosida o‘qiyotgan 702 nafar talaba-qizlarning kontrakt pullari budjetdan to‘lab beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 12 mingdan ortiq talaba-qizlarga foizsiz kredit beriladi