906
Qashqadaryoda tomorqadan foydalanishni yaxshilash uchun qo‘shimcha 10 mln dollar mablag‘ ajratiladi
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 2022 yilda qiymati 7,4 trillion so‘mlik 524 ta loyihani amalga oshirib, 286 mingta yangi ish o‘rinlari yaratishni ta’minlash kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Daryo».
Buning uchun oborotdan chiqqan 40 ming gektardan ortiq yerlar qayta foydalanishga kiritiladi. Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi va Qamashida 20 ming gektar, 2022 yilda shundan 10 ming gektar anorzorlar barpo qilinadi.
Shuningdek, 2022 yili viloyatda o‘rtacha hosildorlik paxtada – 40 sentner, g‘allada – 75 sentnergacha yetkazilishi kerak.
Mas’ullarga viloyatdagi har bir paxta klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘zining dala chetlariga tut va tok ko‘chatlari hamda sabzavot ekinlari ekishni tashkil qilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Paxta klasterlari daromadining bir qismini ajratgan holda, viloyatdagi suv xo‘jaligi ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berib, ta’mirlash va saqlash xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tizimini joriy qilish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mutasaddilarga bir oy muddatda Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarida 25 ming gektar yerlarni suv bilan ta’minlash uchun 365 milliard so‘mlik «Ayoqchisoy» sel suv omborini qurish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
Yil yakuniga qadar 5 ming gektardan yangi bog‘lar va uzumzorlarni barpo etib, bog‘lar umumiy maydonini 30 ming gektarga, uzumzorlarni 20 ming gektarga yetkazish zarurligi aytildi.
Fermerlar kengashi jamg‘armasidan 35 milliard so‘m ajratib, Uzoqov bilan birga Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi va Qarshi tumanlarining har birida kamida mingtadan xonadonda ixcham issiqxonalar tashkil etish topshirig‘i berildi.
Bundan tashqari, viloyatda tomorqadan foydalanishni yaxshilash uchun qo‘shimcha 10 million dollar mablag‘ ajratiladi.
Chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishida 870 milliard so‘mlik 270 ta loyiha ishga tushiriladi. Mas’ullarga, shuningdek, 2022 yilda chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan har bir tumanda 100 tadan xonadonga kooperatsiya usulida chorva mollari yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash uchun xarid qilishni yo‘lga qo‘yish kerakligi aytildi.
Andijon tajribasi asosida aholi xonadonlariga 1 million 200 ming bosh xonaki parranda tarqatish ishlarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot