07:27 / 23.04.2022
1 005

Rossiya banklarining SWIFT’dan uzilishi O‘zbekiston banklariga qanday ta’sir qiladi?

Rossiya banklarining SWIFT’dan uzilishi O‘zbekiston banklariga qanday ta’sir qiladi?
Foto: Bloomberg
Markaziy bank Rossiya banklarining SWIFT’dan uzilishi va xalqaro pul o‘tkazmalaridagi muammolar O‘zbekiston banklariga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, banklar tomonidan mijozlarining Rossiya va Belarus davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan barcha eksport-import shartnomalari inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan tashqi savdo amaliyotlarni o‘tkazishda banklar tomonidan sanksiyalar ro‘yxati doimiy ravishda yangilanib borilmoqda.

Bank mijozlariga qat’iy sanksiyalarga tushmagan hamkorlar va banklar bilan moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib kelinmoqda.

Xalqaro pul o‘tkazmalari va O‘zbekiston

Mart oyining birinchi yarmida vaziyatdan kelib chiqqan holda ayrim xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to‘xtalishlar kuzatilgan edi. Ushbu to‘xtalishlarga o‘sha paytda vujudga kelgan noaniqliklar sabab bo‘lgan.

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ko‘plab tizimlar yo‘lga qo‘yilgan. Ba’zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya banklarining SWIFT’dan uzilishi O‘zbekiston banklariga qanday ta’sir qiladi?