Buyuk Britaniyada kripto-faollar bank cheklovlariga qarshi kampaniya boshladi

1 daqiqa o'qish40
Buyuk Britaniyada kripto-faollar bank cheklovlariga qarshi kampaniya boshladi

Stand With Crypto UK tashkiloti oʻzining 286 000 nafar aʼzosini kriptovalyuta birjalariga oʻtkazmalarni cheklayotgan Britaniya banklariga qarshi kurashishga chaqirmoqda. Faollarning taʼkidlashicha, tartibga solinadigan platformalarga tranzaksiyalarni yalpi taqiqlash raqamli aktivlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

UK Cryptoassets Business Council hisobotiga koʻra, Buyuk Britaniya banklari tomonidan kripto-tranzaksiyalarning qariyb 40 foizi bloklanadi yoki cheklanadi. Guruhning qayd etishicha, koʻplab cheklovlar hatto mamlakatning Financial Conduct Authority (FCA) organi roʻyxatidan oʻtgan birjalarga ham tegishli boʻlib, mijozlarning individual xavf profillari inobatga olinmayapti.

Hisobotda keltirilishicha, birgina birjaning oʻzida bir yil davomida banklar tomonidan rad etilgan tranzaksiyalar hajmi qariyb 1 milliard funt sterlingni tashkil etgan. Soʻrovda qatnashgan platformalarning 80 foizi bloklangan oʻtkazmalar soni ortganini maʼlum qilgan. Stand With Crypto UK oʻz veb-saytida shikoyat xatlarini shakllantiruvchi maxsus vositani ishga tushirdi.

ClearBank bosh direktori Mark Fairless banklar kripto-toʻlovlarga nisbatan yalpi cheklovlar oʻrniga xavfga asoslangan yondashuvni qoʻllashi kerakligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, keng koʻlamli blokirovkalar raqobatga putur yetkazadi va tartibga solinadigan firmalarning Buyuk Britaniyada samarali ishlashiga toʻsqinlik qiladi.

Ushbu kampaniya Britaniya regulyatorlari stablecoinlar uchun umummilliy qoidalarni ishlab chiqayotgan bir vaqtga toʻgʻri keldi. May oyi boshida Lordlar palatasi qoʻmitasi stablecoinlar boʻyicha taklif etilgan qoidalarni, jumladan, pul yuvishga qarshi nazorat va ularning anʼanaviy bank tizimiga taʼsirini koʻrib chiqdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?