11:43 / 01.05.2022
1 543

«O‘zbekiston chegarani noqonuniy kesib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarmaydi»

«O‘zbekiston chegarani noqonuniy kesib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarmaydi»
Kadr: YouTube / Amerika Ovozi
O‘zbekiston hukumati Afg‘onistondan mamlakat chegarasini buzib o‘tgan harbiy uchoqlarni AQSH mulki bo‘lgani sababli ularga qaytarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Gap 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot haqida ketmoqda. Afg‘on harbiylari harbiy uchoqlar bilan birga avgust oyida «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng O‘zbekistonga qochib o‘tgan.

Irgashevning aytishicha, aviatexnikalar AQSH hukumati puliga sotib olingan va vaqtinchalik Afg‘oniston harbiy kuchlariga topshirilgan. Sobiq hukumat bu uchoqlarga bir dollar ham sarflamagan.

Hozirda afg‘on harbiylari chegarani buzib o‘tgani yuzasidan sud boshlangan. Sud jarayoni tugaganidan so‘ng, AQSH O‘zbekiston va Tojikistondan texnikalarni olib chiqib ketadi. Shuningdek, O‘zbekiston sudi hukmiga binoan qaror qabul qilinishi, lekin uchoqlarni olib ketish Amerika ixtiyorida ekanini ma’lum qildi.

Diplomat holat yuzasidan sud jarayoni nima uchun ko‘p vaqt olayotganiga ham izoh bergan. «Bu oddiy jarayon emas. Hamma tomondan o‘rganib chiqilishi kerak. O‘ylaymanki, bu, albatta, hal etiladi», — deya ta’kidlagan Irgashev.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi (keyinroq oxiriga qadar tekshirilmagani ma’lum qilingan) mamlakat havo makonini ichida 585 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot kesib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kuzatuv davomida Embraer-314 va MiG-29 samolyotlari to‘qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan.

Oktabr oxirida Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori (SIGAR) hisobotida toliblar tomonidan ag‘darilgan hukumatning Harbiy havo kuchlariga tegishli harbiy samolyotlarning chorak qismi O‘zbekiston va Tojikistonda ekani ma’lum qilingandi. «Tolibon» Afg‘onistonni egallagunga qadar mamlakat harbiy aviatsiyasida 160 ta samolyot bo‘lgan.

«Tolibon» mudofaa vaziri Mulla Yoqub O‘zbekiston va Tojikistonni afg‘on vertolyotlarini qaytarishga chaqirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aviatsiya texnikalari mamlakat boyligi hisoblanadi va u qaytarilishi kerak. Shu bilan birga, u O‘zbekiston Tojikiston toliblar sabrini sinamasligini va keskin choralar qo‘llashga majbur qilmasligini ta’kidlagandi. «Tojikiston va O‘zbekiston hal qilgani yaxshi, aks holda toliblar kutishdan charchadi», — degandi Mulla Yoqub.

Shundan so‘ng, «Tolibon» matbuot kotibi Suhayl Shahin aviatsiya texnikasi atrofidagi qarama-qarshiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ular qardosh davlatlar bilan munosabatlarga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekiston chegarani noqonuniy kesib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarmaydi»