01:26 / 02.05.2022
3 175

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Hayit namozi qanday o‘qiladi?
Ramazon hayiti namozi 2 may kuni Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Ramazon hayiti - Iydul fitr deyiladi. Bu kun musulmonlar uchun xursandchilik, shodlik, kengchilik va bayram kunidir. Bu kun o‘zgacha shukuh va fazilatga ega. Musulmonlarning ikki muborak bayramlaridan biri hisoblanadi.

Hayit bayramlarida yoshu-qari, boyu-kambag‘al jamiyat vakillarining barchalari shodu-xurram bo‘lishib, bir-birlariga xursandchilik izhor qiladilar. Shu bilan birga, masjidlarda hayit namozi ado etiladi.

To‘liq niyat quyidagicha qilinadi: Shu vaqtda vojib bo‘lgan Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini barcha takbirlari bilan shu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’baning bir tarafiga qaratib, xolis Alloh uchun o‘qishga niyat qildim.

Hayit namozini o‘qish tartibi qanday - O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayyorlangan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hayit namozi qanday o‘qiladi?