21:38 / 06.05.2022
1 015

Toshkentda 9 may kuni bayram salyuti tashkil etiladi

Toshkentda 9 may kuni bayram salyuti tashkil etiladi
O‘zbekistonda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Bu haqda 6 may kuni AOKAda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga 15 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti, «Yangi O‘zbekiston» majmuasidagi «Mustaqillik monumenti»ning statuetkali qimmatbaho sovg‘a va Shavkat Mirziyoyevning tabrigi, shuningdek, vazirlik va idoralar, hokimliklar tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar topshiriladi.

Bundan tashqari, 9 may kuni soat 21:00 da Toshkentda 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 9 may kuni bayram salyuti tashkil etiladi