17:15 / 14.05.2022
1 376

O‘zbekistonda pomidorning yangi navi ixtiro qilindi

O‘zbekistonda pomidorning yangi navi ixtiro qilindi
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining bir qator seleksioner olimlarining o‘n yillik samarali mehnati natijasida ochiq maydon va issiqxonada yetishtirishga mos pomidor navi ixtiro qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu navga «Universal» nomi berilgan. Yangi nav o‘rtapishar bo‘lib, o‘suv davri 120-122 kunni tashkil etadi. Asosiy poyasining uzunligi issiqxonada 2,0-2,5 metr, ochiq maydonda 1,5-1,8 metrgacha yetadi, shoxlanishi va barglanishi esa o‘rtacha. Bargi oddiy, to‘q yashil, o‘rtacha burmali. Birinchi to‘pguli 8-9 bo‘g‘inlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil. Pomidor vazni 100-120 gramm, meva asosi kichik chuqurchali. Urug‘xonasi 4-5 ta. Degustatsion bahosi 4,9 balldan iborat.

Tarkibida quruq modda miqdori 4,8 foiz, umumiy qand 4,2 foiz, askorbin kislotasi 24,2 foiz. Hosildorligi: issiqxonada 15-18 kilogramm/metr kvadrat; ochiq maydonda 38-42 tonna/gektarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich boshqa navlardan 15-20 foizga yuqori degani.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Ta’kidlanishicha, «Universal» navini respublikada keng joriy etish, birlamchi urug‘chiligini o‘rnatilgan tartibda tashkil etish uchun nav hujjatlar rasmiylashtirilib, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga Davlat reyestriga kiritish uchun va Intellektual mulk agentligiga patentlash uchun taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda pomidorning yangi navi ixtiro qilindi