09:50 / 18.05.2022
1 738

Toshkentdagi go‘zallik saloni 9 mlrd so‘m qarzi bilan auksionga qo‘yildi

Toshkentdagi go‘zallik saloni 9 mlrd so‘m qarzi bilan auksionga qo‘yildi
Foto: «E-auksion.uz»
Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-4 mavzesida joylashgan go‘zallik saloni kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari «E-auksion» portalida e’lon qilingan.

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,003 gektar. Binoning maydoni — 151 kvadrat metr. Go‘zallik salonida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.

Auksionga qo‘yilgan salonning boshlang‘ich bahosi — 3,88 mlrd so‘m. Arizalar 10 iyun 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Lot izohida yozilishicha salon auksionga «Asakabank»ning Muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti tomonidan qo‘yilgan.

Ushbu mulk xaridor tomonidan «Asakabank»ka 9,2 mlrd so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ishlab chiqarish summasini to‘lab berish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Mulk huquqi oldi-sotdi dasturiy vositalar to‘liq nazoratidan so‘ng hamda 9,2 mlrd so‘m miqdoridagi summasi to‘langandan so‘ng sotib oluvchi nomiga rasmiylashtirib beriladi.

Ob’ekt uskunalari, inventar va jihozlarsiz auksion savdolariga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi go‘zallik saloni 9 mlrd so‘m qarzi bilan auksionga qo‘yildi