Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda Buxoro viloyatida noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq holatlarning oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Xususan, departament, DXX va IIVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida R.D. va A.A. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.ning ishonchiga kirgan va unga tanishlari orqali Nukus shahri «Jana bazar» OFY hududida joylashgan 0,5 gektar bo‘sh yer maydonini olib berish hamda uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Ushbu shaxslar «xizmati» evaziga 47 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan O.R. o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga Yunusobod tumani «Hasanboy» MFYdan 6 sotix bo‘sh yer maydonini kadastr bo‘limda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib, olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 14 ming dollarni qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro N.G. boshqa bir fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga «Tarobiy» MFY hududida joylashgan zaxiradagi 4 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘lgan. Fuqaro N.G. oldindan kelishilgan 9 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar