08:50 / 19.05.2022
1 097

Xorazmda hibsxonadagi mahbuslarga iste’molga yaroqsiz suv berilgani aniqlandi

Xorazmda hibsxonadagi mahbuslarga iste’molga yaroqsiz suv berilgani aniqlandi
Xorazm viloyati Urganch shahridagi tergov hibsxonasida mahbuslarga iste’molga yaroqsiz suv berilgani bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga murojaat kelib tushgan. Ombudsman bu bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bordi.

Qayd etilishicha, ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasidagi mahbuslardan murojaat kelib tushgan. Murojaatda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining iste’molga yaroqsizligi aytilgan. 12 may kuni mintaqaviy vakil viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimi bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan.

Aniqlanishicha, 11-son tergov hibsxonasi kameralarida soat 22:00 dan ertalabki 6:00ga qadar elektr energiyasidan foydalanish ta’qiqlangan. Mana shu paytlarda muassasada saqlanayotgan mahbuslarning suv ichishga ehtiyoji bo‘lganda qaynatilmagan suv ichishga majbur bo‘lgan. O‘rganish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan suvning sifati tekshirilib, mahbuslarga suvni faqat qaynatilgan holatda iste’mol qilinishi tavsiya etilgan.

Monitoring jarayonida har bir kamerada suvni qaynatish jihozlari mavjud ekani aniqlangan. Mahbuslarga soat 22.00 ga qadar kerakli miqdorda qaynatilgan suvni zaxiralashlari kerakligi tushuntirilgan.

Monitoring doirasida tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha mahbuslarning fikrlari ham o‘rganilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda hibsxonadagi mahbuslarga iste’molga yaroqsiz suv berilgani aniqlandi