Foto: Namhaqiqat
Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish xizmatidan ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, xizmatni ko‘rsatish tartibi quyidagicha:
1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda so‘rovnoma to‘ldiradi.
2. Vakolatli organ (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi) joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi.
3. Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada ko‘rsatilgan to‘lov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shakllantiriladi.
Kadastr pasportini tayyorlash ob’ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha: ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
- ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha: umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha; umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha; umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha; umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha; umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha – 20 ish kunigacha; umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq – 25 ish kunigacha; ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha – 3 ish kunigacha.
YAIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.
Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
- ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
- ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda ob’ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
- kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
Ushbu holatlarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi