12:08 / 26.05.2022
1 542

Farg‘onada tomorqasida 262 tup ko‘knori yetishtirayotgan ayol ushlandi

Farg‘onada tomorqasida 262 tup ko‘knori yetishtirayotgan ayol ushlandi
Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida ko‘knori giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 17 may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Jarayon davomida «Xumdon» mahallasida yashovchi E.D. ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada tomorqasida 262 tup ko‘knori parvarish qilib kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada tomorqasida 262 tup ko‘knori yetishtirayotgan ayol ushlandi