
Gidrometeorologiya xizmati markazi shanba kuni qanday ob-havo kutilayotgani toʻgʻrisida ma'lumot berdi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.
Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq boʻladi.
Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi, sel-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar