824
Milliy gvardiya Turkiya jandarmeriyasi bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
Turkiya jandarmeriyasi bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Ali Chardakchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mehmonlar Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev bilan uchrashdi.
Suhbat davomida tomonlar o‘zaro fikr almashib, ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda yaqin istiqboldagi amaliy rejalarni muhokama qildi. Turkiya jandarmeriyasi va Milliy gvardiya o‘rtasida kadrlar tayyorlash, qo‘shma amaliy tadbirlar, seminar va treninglar tashkil etish sohasidagi hamkorlik muhim ekani ta’kidlandi.
Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Turkiya delegatsiyasi “Temurbeklar maktabi”, Toshkent harbiy-akademik litseyi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, Buxoro viloyati qo‘riqlash boshqarmasi hamda Milliy gvardiya kavaleriya eskadronida bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 3 noyabr kuni Turkiya jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni, armiya generali Orif Chetin yurtimizda mehmon bo‘lgan hamda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov va Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi