23:31 / 29.05.2022
1 500

Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi yoxud jinoyatga qo‘l urgan ayol haqida

Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi yoxud jinoyatga qo‘l urgan ayol haqida
Xalqimizda shunday naql bor, “Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi”. Xatirchilik S.Norovaning (ismi sharifi o‘zgartirilgan) ozodlik va erkinlikning qadriga yetmay, nafs yo‘lida sodir qilgan qilmishi, uni ozodlikdan mahrum qilinishiga sabab bo‘ldi.

S.Norova 2021 dekabr oyida g‘arazgo‘ylik va boshqa past niyatlarni ko‘zlab, o‘zining 2016 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘il farzandini moddiy qiymatliklar, ya’ni Navoiy shahridan uy va yangi avtomashina evaziga sotishni rejalashtirib, tezkor tadbirga jalb qilingan xaridor D.T.ga sotishga kelishib, D.T.dan kelishilgan pulning 90 000 000 so‘mini olayotganida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlanadi.

S.Norovaga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, 2022 yil 1 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Aybdorning qilmishi o‘zining iqrorlik ko‘rsatmasi, pullarni ko‘zdan kechirish, kimyoviy ishlov berish va ovoz yozish diktofonini fuqaroga berish to‘g‘risidagi bayonnomalar, voqea joyini ko‘zdan kechirish hamda ashyoviy dalillarni olib qo‘yish haqidagi bayonnoma, so‘zlashuvlarni eshitib ko‘rish haqidagi bayonnoma va ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlandi.

Sud tomonidan S.Norova O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga shu modda bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 4 (to‘rt) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va sud zalidan qamoqqa olindi.

Xulosa shuki, S.Norova tinch va osoyishta hayot qadrini anglab yetadi va tuzalish yo‘liga o‘tadi deb hisoblaymiz.

Avazjon Ibodov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi yoxud jinoyatga qo‘l urgan ayol haqida