1 387
Bosh prokuratura Andijon shahri hokimligining sobiq mulozimlari tergov qilinayotganini tasdiqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov bir guruh shaxslar bilan 48 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani, tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olinganiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Xabar.uz Bosh prokuratura bilan bog‘landi. Mahkama matbuot xizmati Andijon shahar hokimligining bir guruh sobiq xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotganini tasdiqladi.
Biroq tergov siri nuqtai nazaridan boshqa tafsilotlar ochiqlanmasligi bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning avgustida Andijon shahar hokimi etib tayinlangan B.Haydarov bir necha bor quyushqonga sig‘mas xatti-harakatlari bilan jamoatchilik e’tiboriga tushgan, kuni kecha deputatlik daxlsizligidan mahrum etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi