Foto: «Daryo»
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov «Daryo»da e’lon qilingan xabarga javoban respublika Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mas’ullari yashirgan axborotni oshkor qildi.
«Daryo»da avvalroq Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan YTHda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari Bekzod Boborajabov vafot etgani, ammo YTH joyi va vaqti noma’lumligi xabar berilgandi.
Vazirlik mas’uli Shohrux G‘iyosov dastlab «Barcha urinishlari behuda ketgan «Daryo.uz» axborot portali muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga, "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra Ommaviy axborot vositalariga tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish taqiqlanishini, eslatib o‘tamiz», degan bo‘lsa-da, keyinchalik YTH sodir bo‘lgan joy hamda vaqtini oshkor qildi.
Ma’lum qilinishicha, hokim o‘rinbosari o‘limiga sabab bo‘lgan YTH 2022 yilning 31 mayidan 1 iyuniga o‘tar kechasi, soat 03:20 da sodir bo‘lgan.
«Mirzaobod tumanidan o‘tgan A-373 avtoyo‘lining 33 kilometrida Toshkent—Jizzax yo‘nalishida YTH sodir etilgan bo‘lib, natijada bir nafar kishi vafot etgan, yana ikki kishi esa jabrlangan. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilgan», — deydi Shohrux G‘iyosov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi