00:31 / 03.06.2022
1 242

Emomali Rahmon Toshkentdagi Texnoparkka tashrif buyurdi

Emomali Rahmon Toshkentdagi Texnoparkka tashrif buyurdi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari tomonidan asos solingan ushbu sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda shundan 13 tasi ishga tushgan bo‘lib, elektron gaz hisoblagich, muzlatkich, sanoat konditsionerlari va sovitish tizimlari, lift va eskalatorlar, suv nasoslari, eshik va deraza romlari uchun aksessuarlar yasalmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yil izolyatsiya mahsulotlari, suv isitish uskunalari, oshxona texnikasi korxonalari hamda logistika markazi ishga tushiriladi. Tojikistonlik mehmonlarga Texnoparkda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning afzalliklari haqida so‘zlab berilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev ikki davlatning turdosh muassasalari rahbarlariga o‘zaro yaqindan ishlab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasi va savdoni kengaytirish zarurligini ta’kidlagan.

31 may kuni Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon joriy yil 2—3 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi haqida xabar berildi.

Emomali Rahmon 2 iyun kuni ertalab Toshkentga yetib keldi. U yo‘lovchi reyslarini bajaruvchi samolyotdan foydalangan. «Sputnik Tojikiston»ning qayd etishicha, Tojikiston rahbari budjet pullarini iqtisod qilish uchun shaxsiy samolyot sotib olishni istamagan.

Toshkent xalqaro aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib olgan. Yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tgan. So‘ng Ko‘ksaroyda Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham ishtirok etgan.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari o‘rtasida tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokalarda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Prezidentlar fan, ta’lim, san’at, kino va turizm sohalaridagi hamkorlikka e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, Emomali Rahmon 2 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Emomali Rahmon Toshkentdagi Texnoparkka tashrif buyurdi